Fermer xoʻjaligi
FAYZ-M klasteri tarkibidagi “Zokirjon Ota” fermer xo‘jaligi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, klasterning oziq-ovqat xavfsizligi, xomashyo mustaqilligi va qishloq xo‘jaligiga asoslangan integratsion modelini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Faoliyatining ilk bosqichida xo‘jalikda atigi 30 bosh qoramol bor edi. Bugungi kunga kelib, bu raqam bir necha barobar oshib, xo‘jalik yirik chorvachilik majmuasiga aylangan. 2021–2022-yillarda Shveytsariya va Gollandiya kabi ilg‘or davlatlardan 200 bosh naslli sigir va 100 bosh naslli buqalar olib kelingan. 2023-yilda fermer xo‘jaligi tarkibiga yilqichilik yo‘nalishi ham qo‘shilib, Polshadan 10 bosh naslli biya va 10 bosh ayg‘ir olib kelingdi. Shuningdek, xo‘jalikda 600 bosh soliq zotli qo‘y va 100 bosh zottor qo‘chqorlar parvarish qilinmoqda. Chorva uchun yem-xashak zaxirasini o‘zimiz yetishtiramiz: klasterga qarashli g‘alla maydonlarida takroriy tarzda makka, arpa kabi ekinlar ekilib, hayvonlar uchun doimiy ozuqa bazasi yaratilgan. Bu yondashuv nafaqat iqtisodiy, balki ekologik barqarorlikni ham ta’minlaydi. Fermer xo‘jaligining asosiy maqsadi — mahalliy aholini sifatli, arzon va doimiy go‘shtsut mahsulotlari bilan ta’minlashdir. Ayni vaqtda bu yo‘nalishda 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, asosan mahalliy aholi bandligi ta’minlanmoqda. “Zokirjon Ota” fermer xo‘jaligi, FAYZ-M klasterining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mustaqilligini kuchaytirib, sanoat, oziq-ovqat va eksport yo‘nalishlarida barqaror resurslar yaratishda strategik halqa vazifasini bajaradi.
Jarayonning fotosuratlari





