Yoqilg‘i ta’minoti
FAYZ-M klasteri o‘zining ishlab chiqarish texnikalari va servis transporti uchun yoqilg‘ining barqaror va sifatli ta’minotini muhim strategik ustuvorlik deb biladi. Shu maqsadda Xo‘jaobod tumanining Nabib massivida maxsus yoqilg‘i quyish shoxobchasi tashkil etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard so‘mni tashkil qilib, moliyalashtirish to‘liq korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan. Mazkur shoxobchaning asosiy vazifasi — korxona ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan neft mahsulotlarini zaxirada saqlash va belgilangan tartibda taqsimlashdan iborat. Ob’ekt 100 000 litrgacha yoqilg‘i zaxirasini saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy yomkistlar bilan jihozlangan. Bu esa ishlab chiqarishdagi texnika va transport vositalarining uzluksiz ishlashini kafolatlaydi. Bundan tashqari, ruxsatnomalar asosida aholiga sifatli yoqilg‘i mahsulotlarini yetkazib berish uchun mo‘ljallangan 35 000 litrlik qo‘shimcha sig‘imlar ham mavjud. Bu faoliyat korxonaning ijtimoiy mas’uliyatli yondashuvini aks ettirib, mahalliy aholini ham qulay sharoitda xizmat bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shoxobchada 7 nafar ishchi muntazam ravishda faoliyat yuritadi. Yoqilg‘i ta’minoti tizimi xavfsizlik talablariga to‘liq mos, ruxsatnomalarga asoslangan va nazorat ostida ishlaydi. Bu infratuzilma FAYZ-M klasterining energiya barqarorligini mustahkamlash bilan birga, logistika samaradorligini ham oshiradi.
Jarayonning fotosuratlari





